8 May 2022 yil 1224

Tezkor maʼlumotlar asosida qimorbozlar qoʻlga olindi

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv tezkor xodimlari tomonidan Mirzaobod tuman M.Ulugʻbek mahallasi hududida joylashgan yoqilgʻi quyish shoxobchasida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etib, karta qimor oʻyini davomida qimor oʻynashga kelgan shaxslar oʻzlari bilan giyohvandlik vositalari olib kelishib, isteʼmol qilayotganliklari toʻgʻrisida tezkor maʼlumot olingan.

Tezkor maʼlumot asosida xodimlar tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, joriy yilning yil 6-may kuni soat 21-45 larda viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani M.Ulugʻbek mahallasi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbir davomida davomida, M-34 avtoyoʻlining chetida joylashgan yoqilgʻi quyish shoxobchasidagi maʼmuriy binosiga xolislar ishtirokida kirilib, binoning dam olish xonasi koʻzdan kechirilganda ismi sharifi shartli oʻzgartirilgan Abror va uning tashabbusi bilan 6 nafar shaxslar, yaʼni Gʻani, Shahboz, Elyor, Furqat, Umid hamda Otabeklar oʻyin kartada qimor oʻynayotganliklari aniqlangan. Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu yoqilgʻi quyish shoxobchasining xonasidan qimor oʻyin uchun tikilgan jami 7.000.000 soʻm, 1.050 AQSH dollar miqdordagi va 3 litr shisha idish (banka) da alohida oʻyin tashkilotchi uchun deb ajratilgan 1.005.000 soʻm miqdordagi pullar hamda ushbu xona, ishlatilmagan oʻyin kartalari va ishlatilgan oʻyin kartalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech