IIB huzuridagi Jamoatchilik kengashi
Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashi tarkibi
Kengash raisi |
||
Maxmudov Ravshanbek Jalilovich |
– |
Guliston Davlat universiteti
professori, viloyat Kengashi deputati, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi |
|
|
|
Kengash raisining o’rinbosari |
||
|
||
Djuraev G’ulom Xaydarkulovich |
– |
Boshqarma MMI va KBTX boshlig’ining
maslahatchisi, Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik |
|
|
|
Kengash a’zolari |
||
|
||
Boltabaev O’ktamjon Kasimovich |
– |
Boshqarma boshlig’ining maslahatchisi,
iste’fodagi podpolkovnik |
|
|
|
Ergashev Eldor Erkabaevich |
– |
Boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig’i o’rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar bo’limi boshlig’i, podpolkovnik |
|
|
|
Esonov Aziz Abdustattorovich |
– |
O’zbekiston Respublikasi
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i |
|
|
|
Mirzaliev Dostonbek Rustamovich |
– |
Sirdaryo viloyati Musiqali
drama teatri direktori |
|
|
|
Hayitov Murodjon Sherbek o’g’li |
– |
O’zbekiston Respublikasi
Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo’limi rahbari |
|
|
|
Umurzakova Dilnoza Axmatovna |
– |
Sirdaryo viloyati Adliya
boshqarmasi huquqiy axborot sho’basi bosh maslaxatchisi |
|
|
|
Aribjanov Islombek Oybek o’g’li |
– |
“Gulistonliklar” kanali admini, ijtimoiy tarmoq faoli (bloger) |
|
|
|
Xidiralieva Baxtigul Jo’raboevna |
– |
“Hududgaz” Sirdaryo gaz ta’minoti
filiali matbuot kotibi, “Yangilanayotgan Sirdaryo” kanali admini |
|
|
|
Axmatqulova Sevara Ulug’bek qizi |
– |
“Mening yurtim (MY5) telekanali
Sirdaryo viloyati bo’yicha muxbiri” |
|
|
|
Usmanov Botir Ermonqulovich |
– |
O’zbekiston davlat muassasalari
va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisi |
|
|
|
Axmadaliev Xurshid Xayitboy o’g’li |
– |
Sirdaryo viloyati Teleradiokompaniyasi
radio bosh muharriri |
|
|
|
Misiralieva Diyora Rustam qizi |
|
Sirdaryo viloyati Teleradiokompaniyasi
muxbiri |
|
|
|
Umarov Muzaffar Abdulazizovich |
|
“Guliston xabarlari” kanali
admini, ijtimoiy tarmoq faoli (bloger) |
|
|
|
Nomozov Oybek Suyunovich |
– |
“Sirdaryo sadosi” kanali admini, ijtimoiy tarmoq faoli (bloger) |
|
|
|
Mustafakulov Abduraxmon Abdunabievich |
– |
IIV Birlashgan tahririyatining
o’z muhbiri |
|
|
|
Rahmonov Oybek Baxtiyor o’g’li |
– |
Boshqarma Jamoat xavfsizligi xizmati bo’linmalari yo’l
harakati xavfsizligi boshqarmasi bo’linmalari axborot guruhi katta mutaxassisi,
leytenant |
|
|
|
Kengash kotibi |
||
|
|
|
Shamsiddinov Dostonbek Maxmudjon o’g’li |
– |
Sirdaryo viloyati IIB Axborot
xizmati boshlig’i–ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining matbuot kotibi podpolkovnik |
Kengashning asosiy vazifalari:
Tashkil etilayotgan
jamoatchilik kengashining asosiy vazalari etib quyidagilar belgilandi:
ichki ishlar organlari faoliyatida
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish, soha bo’yicha ijtimoiy fikrni o’rganish va tizimli monitoring olib
borish;
ichki ishlar organlari faoliyatidagi
korrupsiya holatlari bo’yicha internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarlarni
batafsil o’rganish hamda ularning natijalarini keng jamoatchilikka etkazish;
ichki ishlar organlari faoliyati
samaradorligini oshirish maqsadida, tarkibiy va hududiy bo’linmalarda sog’lom ma’naviy-ruhiy
muhitni, qonuniylik, yuqori huquqiy madaniyat va ma’naviy-axloqiy sifatlarni ta’minlashga
oid taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlari faoliyati
haqida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda axborot berib borish;
ichki ishlar organlari faoliyatiga
oid qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hamda idoraviy hujjatlarda, shuningdek,
davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va
jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari
va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari
talablari ijrosini ta’minlash, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklangan hamda
ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar, funksiyalarni bajarish,
davlat xizmatlarini ko’rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan
bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro’yobga chiqarish bo’yicha tizim
faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining
nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlari, shuningdek fuqarolar bilan samarali hamkorligini ta’minlash;
ichki ishlar organlariga nodavlat
notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan
ijtimoiy, siyosiy va boshqa jihatlardan ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirilishiga
va natijalarini jamoatchilik nuqtai nazaridan tahlil qilishga ko’maklashish;
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari
va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan ichki ishlar
organlarining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish
va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy so’rovlar o’tkazish, bunda axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng foydalanish;
ichki ishlar organlari faoliyatida
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqish,
ularni amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha
olib borilgan ishlar ustidan monitoring va tahlillar o’tkazib, ularning natijalari
bo’yicha takliflar tayyorlash;
ichki ishlar organlari faoliyatining
ochiqligini ta’minlash, faoliyatni isloh qilishda fuqarolar ishtirok etishi uchun
yaratilgan shart-sharoitlarni o’rganish, bu bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni
monitoring qilish, faoliyat to’g’risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil
qilish, ularni yanada kengaytirish va yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqish;
ichki ishlar organlari faoliyati
bo’yicha fuqarolar o’rtasida o’tkaziladigan tushuntirish ishlari va ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar
ishlab chiqish;
ichki ishlar organlari xodimlari,
ularning oila a’zolarini uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga
malakali tibbiy yordam ko’rsatish sharoitlarini, shuningdek, ichki ishlar organlari
pensionerlari va harakatdagi zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy moslashtirish
bo’yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda yakunlari bo’yicha shart-sharoitlarni
yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
ichki ishlar organlari faoliyatiga
doir normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda
belgilangan tartibda ishtirok etib, ularning jamoatchilik tomonidan keng muhokama
qilinishiga ko’maklashish.
Jamoatchilik kengashi raisi, o’rinbosari va kotibining vakolatlari:
Rais Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va quyidagi vakolatlarga
ega:
Kengash majlisini chaqirish
va kun tartibini belgilash;
Kengash majlisiga raislik qilish;
Kengash ish rejasi, Kengash
majlisining bayonnomasi va ish yurituviga oid boshqa hujjatlarni tasdiqlash;
Kengash qarorlarining bajarilishini
nazorat qilish;
Kengashning faoliyati to’g’risidagi
rasmiy veb-saytlar va boshqa resurslarda joylashtiriladigan ma’lumotlar bo’yicha
takliflar kiritish va uni tegishli rahbariyat bilan kelishish;
Kengash qarorlarini bajarish
masalalarida tegishli rahbariyat bilan hamkorlik qilish;
Kengash a’zolariga berilgan
topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va faoliyatini muvofiqlashtirish.
Rais Kengashning samarali ishlashini
ta’minlash maqsadida boshqa vakolatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Kengash raisi yo’qligida uning vakolatlarini rais o’rinbosari amalga oshiradi.
Kengash raisi o’rinbosari:
rais yo’qligida Kengashning majlislariga raislik qiladi;
Kengash qarorlarining ijrosini
nazorat qilish bo’yicha ishlarni tashkil etadi;
jismoniy va yuridik shaxslar,
ularning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kengash faoliyatiga taalluqli murojaatlarni
ko’rib chiqish bo’yicha ishlarni tashkil etadi;
Kengashning samarali ishlashini
ta’minlash bo’yicha boshqa tegishli vakolatlarni amalga oshiradi.
Kengash kotibi:
Kengash majlisiga kerakli hujjatlar
va tahliliy materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi;
Kengash majlisini kun tartibi
bo’yicha o’tishini tashkillashtiradi;
Kengash raisi bilan majlis
o’tkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida maslahatlashadi;
Kengash a’zolari va taklif
qilingan shaxslarni majlis o’tkazish joyi, sanasi hamda vaqti haqida xabardor qiladi;
Kengash qarorlarining bajarilishi
monitoringini olib boradi hamda natijalarini Kengash majlisida ko’rib chiqish bo’yicha
takliflar kiritadi;
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi
hamda tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash a’zolari va boshqa manfaatdor shaxslarga
yuborilishini ta’minlaydi;
Kengash vakolatiga kiruvchi
murojaatlarni ko’rib chiqadi va hal etilishini ta’minlaydi;
Kengashning ish rejalari loyihalarini
tayyorlaydi, ko’rib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini
hamda hisobotlarning o’z vaqtida yuritilishini ta’minlaydi;
Kengash tomonidan berilgan
boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Kengashning faoliyati mazkur Nizom va tegishli qonunchilik talablariga muvofiq ekanligi O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, uning topshirig’iga muvofiq o’rinbosarlari hamda Boshqarma boshlig’i tomonidan nazorat qilinadi.