21 Avgust 2025 yil 131

Sirdaryoda huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

Joriy yilning 14-avgust kuni “Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Sirdaryo viloyati prokurori va Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi rahbarligida, tegishli masʼul tashkilotlar ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ 1-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi, viloyatda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, 2025-yil 1-avgustdan 7-avgustga qadar hududda sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinib, kelgusida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilandi.

Yigʻilish davomida viloyat prokurori va viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech