23 Fevral 2024 yil 5503

Sirdaryo viloyatida Gender tengligi bo‘yicha “Maslahat-kengashi” vakillari bilan seminar o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat tashkilot va idora vakillari ishtirokida “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasi” bo‘yicha boshqarma va tashkilotlarda gender tenglik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va bu yilda qo‘yiladigan ustuvor vazifalar yuzasidan seminar yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Tadbirning asosiy qismida, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi M.To‘raqulova tomonidan gender tenglik tushunchasi, gender tenglikni taʼminlashda xalqaro va milliy tajriba bo‘yicha so‘z yuritib, xalqaro normativ-meʼyoriy hujjatlar va genderga oid milliy qonunchilik hujjatlari hamda “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” bo‘yicha viloyatda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.Bu boradi IIB tizimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori S.Po‘latova so‘zga chiqdi va xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari, maslahat-kengash faoliyati, ayollarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligi hamda sohada ayol xodimlarning ulushi oshayotganligi bo‘yicha raqamlar aytib o‘tildi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullardan batafsil javob olishdi. 

Text to speech