22 May 2025 yil 996

Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlarining navbatdagi sud-huquq masalalariga bag‘ishlangan ommaviy sayyor qabuli Boyovut tumanida bo‘lib o‘tdi

Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash buning uchun esa ularni rozi qilish mavjud muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish orqali murojaatlariga ijobiy yechim topish bugun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar oldida turgan muhim vazifaga aylanib ulgurdi. Shu maqsadda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Farux Xaydarov tomonidan belgilangan rejaga asosan hududlarda manzilli sayyor qabullar muntazam o‘tkazilmoqda.

Shu boisdan, viloyat IIB rahbari Boyovut tumanida bo‘lib, tuman aholisining turli yo‘nalishlaridagi murojaatlariga yechim izlash hamda ularni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida muloqoti tashkil etildi. Tashkil etilgan uchrashuvda har bir murojaatga joyida tegishliligi bo‘yicha soha mutaxassislari ishtirokida yechim izlandi. Qabulda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga pasport olish, ko‘chalarga yo‘l belshilari o‘rnatish, ishga qabul qilish, probatsiya hisobidan chiqarish masalalarida amaliy yordam so‘rab murojaat qilishdi.

Ichki ishlar boshqarmasi rahbari murojaatlarning huquqiy asosda ko‘rib chiqilishi, fuqarolarning muammolarini yechishda ochiq va halol yondashuvni ta’minlash muhimligini ta’kidladi. Qabul yakunida murojaat etgan shaxslarga qonuniy tartibda javob berish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Inson qadrini ulug‘lashdek ezgu maqsadlarni ko‘zlagan bunday uchrashuvlar viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbari tomonidan barcha hududlarda uzluksiz ravishda o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech