Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida fuqarolar murojaatiga bagʻishlangan qabul boʻlib oʻtdi
Qabulda, Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan, 12 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi. Fuqarolar tomonidan Ichki ishlar organlariga ishga kirish, tergov va boshqa hayotiy masalalari bilan murojaat qilindi.
Qabul davomida masʼullar tomonidan asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilanib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlariga bajarish muddatlari aniq belgilangan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Bu kabi qabullar orqali aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etish, odamlarning dardini eshitish, ogʻirini yengil qilish, yurtdoshlarimizning adolatga, davlatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati