Murojaatlar o‘z yechimini topmoqda.
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Bugungi kunda xalq bilan uchrashib, joylarga chiqib ularning dardiga quloq tutish, shu orqali aholining roziligiga erishish har bir rahbarning bosh vazifasiga aylandi.
Zero, Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Shu maʼnoda, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov Sirdaryo viloyati IIB fuqarolarni qabul qilish xonasida jismoniy va yuridik shaxslar va ularning vakillarini qabul qildi.
Murojaatlarning mazmuniga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, fuqarolik pasportlarini olish, tergov hamda kadrlar masalasi, pul oldi-berdi masalalarida muammolar bilan murojaat qilindi.
Qabulda 11 nafar jismoniy shaxslar va ularning vakillarini murojaatlari tinglandi. qabul davomida 4 nafar murojaatchining masalasi shuyerning o‘zidayoq hal etildi. 3 nafar fuqarolarga huquqiy tushuncha berildi. 4 nafar fuqarolarning murojaatlari boshqarma boshlig‘i tomonidan hal etilishi yuzasidan nazoratga olindi.
Xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yana-da gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini taʼminlashga xizmat qilib kelmoqda.
Bunday shaxsiy va sayyor qabullar viloyatimizning barcha hududlari bo‘ylab davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati