8 Fevral 2020 yil 1665

Hayotini xavf ostiga qo'yib...

Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir. Ona yurtga halol, vijdonan xizmat qilgan asl o'g'lonlar bir umr davlatimiz va xalqimizning e'tiborida bo'ladi.

 Bugun el osoyishtaligini ta'minlashni o'z oldigan maqsad qilgan vatanparvar o'g'lonlar safini kundan-kunga kengayib bormoqda. Shunday mard, Jasur o'zbek yigitlaridan biri Sardor Xodjanazarov. Sardor Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi partul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi ijtimoiy-siyosiy ommaviy madaniy tadbirlarni o'tkazishda xavfsizlikni ta'minlash otryadi xodimi.

Bolalikdagi orzu havas, intiluvchanligi bois, fidoyi soha xodimi bugun o'z xizmat vazifasini a'lo darajada o'tamokda. Har qanday vaziyatda ham fuqarolar xavfsizligi, jamoat tartibini saqlashni u o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Fidoyi soha xodimi zimmasidagi mas'uliyatga chin dildan yondashgani, xizmat chog'ida jasorat ko'rsatgani bois, joriy yilning 25-oktyabr ichki ishlar xodimlari kuni arafasida "jasorat" medal bilan taqdirlandi. Kasbini hayotining mazmuni deb yurt o'g'loni bilan jamoa faxrlanadi.

Sardor Xodjanazarovning 17 yillik ish tajribasi davomida erishgan yutuqlari zamirida izlanish, o'z ustida tinimsiz ishlash mujassam. Ichki ishlar tizimida xizmat qilishi davomida sport musoboqalarida ham faol ishtirok etib keladi. Qo'l jangi uning sevimli sport turi. Bo'sh vaqt topdim, deguncha qo'l jangi bilan shug'ullanishga oshiqadi. Maqsadi jismonan etuk xodim sifatida xizmatda yutuqlarga erishish.

Burchini ado etib oilasi bag'riga qaytgan ko'rsatuvimiz qahramoni oilasining xotirjamligini ko'rib, shu muqaddas zamining himoyachisi ekanligidan fahrlanishi barobarida vataniga bo'lgan mehr-muhabbati yanada yuksaladi. Ota-onasining bergan tarbiyasi Sardorni vatanparvar o'g'lon bo'lib ulg'ayishida, o'z hayot yo'lini topishida muhim ahamiyat kasb etdi. 

To'g'ri yo'naltirilgan tarbiya farzandlarning kelgusidagi hayot yo'li uchun poydevor hisoblanadi. Ota-onaning pand nasixatiga amal qilgan Sardor hamda uning aka –ukasi haqiqiy vatanparvar insonlar bo'lib, ulg'aydi. 3 nafar o'g'il el osoyishtaligini ta'minlashga bel bog'ladi.

Xa, bugun osoyishta zaminda faravon hayot kechirayapmiz.Tinchlik zamirida esa yurt o'g'lonlarining matonatga to'la xizmati borligini e'tirof etmog'imiz lozim. Zero, Sardor kabi mard, Jasur xalqiga qalqon bo'lguvchi osoyishtalik posbonlari bor ekan, O'zbekistonimizning osmoni musaffo bo'lib, taraqqiyot sari yuz tutaveradi.

Text to speech