31 Yanvar 2022 yil 1051

Gulistonda yana bir ogʻfurushlar jinoyat ustida qoʻlga olindi.

2022-yil 28-yanvar kuni tezkor tadbirga IIV SHXBB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Sirdaryo viloyati IIB JQB Giyoxvandlik vositalari bilan qonunga xilof muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi tezkor xodimlari jalb etilib, ular bilan hamkorlikda 2022-yil 28-yanvar kuni “Nazorat ostida olish” tezkor-qidiruv tadbirini oʻtkazish jarayonida “S” ismli shaxs, “Muzaffar” ismli shaxs - fuqaro D.Mni yoniga “marixuana” giyohvandlik vositasini sotib olish uchun borgan vaqtida fuqaro D.M hozirda yonida “marixuana” giyohvandlik vositasi yoʻqligini, lekin tanishi fuqaro A.Kda “marixuana” giyohvandlik vositasi borligini maʼlum qilib, tanishi A.Kdan “S” ismli shaxsga “marixuana” giyohvandlik vositasi topib berishini soʻragan.

Shundan soʻng, Guliston shahar Ulugʻ-yoʻl mahallasi hududida A.K “S” ismli shaxsga 800.000 soʻm miqdoridagi pul evaziga ikki dona gugurt qutisiga solingan holatda “marixuana” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olinib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida fuqaro A.K 2 dona gururt qutisiga solingan “marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddani fuqaro S.Adan har-bir gugurt qutisini 400.000 soʻmdan jami 800.000 soʻmga sotib olganligi toʻgʻrisida koʻrsatma bergan. Ushbu koʻrsatmaga asosan fuqaro S.Aning yashash xonadoniga borilib, shaxsiy tintuv qilinganda, uning yonidan tadbirda foydalanilgan 800.000 soʻm pullar borligini aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, S.Adan yana “marixuana” giyohvandlik vositasini ixtiyoriy ravishda taqdim etishligi soʻralganda, u yashash uyining yotoqxonasi shkafidan 5 dona gugurt qutisiga solingan, yashil rangli, oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, quruq holatdagi “marixuana” giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositani taqdim etganidan soʻng, ushbu xona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xona oʻrtasidagi divan ustida 3 dona gugurt quti va rangsiz polietlen paketga solingan hamda ushbu divanning oʻng tomonidagi tortmasidan qogʻoz qutiga solingan holatda 43 dona gugurt qutilar, qogʻoz boʻlagi hamda polietilen paketga solingan oʻzidan oʻtkir hid taratuvchi, yashil rangli, quruq holatdagi “marixuana” giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, jami 53 dona gugurt qutilarga, 2 dona qogʻoz boʻlaklariga va 2 dona polietilen paketlarga joylashtirilgan “marixuana” giyohvandlik vositasiga oʻxshash vositalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech