8 Fevral 2024 yil 1821

Guliston shahar “Namuna” mahallasida sodir etilgan jinoyat yuzasidan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sanjar Djabarov huzurida mahalla faollari ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Guliston shahar Namuna mahallasida yuz bergan og‘ir turpdagi jinoyat mahalla faollari va yoshlar ishtirokida muhokama qilindi. Guliston shahar Namuna mahallasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va Guliston shahar hokimligi tomonidan uyushtirildi. Tadbirda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sanjar Djabarov hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash borasidagi ishlar xususida so‘z yuritdi.

Muhokamada sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyatga sabab bo‘lgan omillar tahlil qilindi, oqibatlari tushuntirildi. Mahalla faollari va nuroniylar holat yuzasidan fikrlarini bildirib, shu kabi og‘ir turdagi jinoyat, qonunbuzilishlarga qarshi barcha birdek kurashishlari lozimligini taʼkidladilar.

Yig‘ilishda shu kabi jinoyatlarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni jilovlash bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berildi.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech