AQSh Davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurashish va monitoring boshqarmasi, tashqi siyosat masalalari bo'yicha vakili A.Fender boshchiligidagi delegasiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida AQSh Davlat departamentining odam savdosiga qarshi kurashish va monitoring boshqarmasi Andryu Fenderboshchiligidagi delegasiya xodimlari Djuliya Reynis,Reychel Rabalar Sirdaryo viloyatida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha viloyat komissiyasi a'zolari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.
Suhbat davomida delegasiya vakillariga malakatimizda shu jumladan Sirdaryo viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish borasida hamda majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ijobiy natijalar hamda komissiya faoliyatiga kiritilgan rejalar bo'yicha atroflicha tushuntirishlar berib o'tildi.
Ayniqsa, mamlakatimizda bolalar mehnatiga butunlay barham berilganligi, qishloq xo'jaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirishva ko'kalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qo'yish bo'yicha misli ko'rilmaganchora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi aniq misollar orqali tushuntirilib, bu borada fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash, fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni ta'minlash bo'yicha ish olib borilayotganligi aytib o'tildi.
Uchrashuvda odam savdosiga qarshi kurashish va monitoring boshqarmasi boshlig'i Andryu Fenderso'nggi yillarda O'zbekistonda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish bo'yicha keng miqyosli ishlar olib borilayotgani, shu jumladan ustuvor yo'nalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga yo'l qo'ymaslik bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa bu borada Sirdaryo viloyatida amalgga oshirilayotgan ishlar alohida diqqatga sazavordir deb ta'kidladi.
Tadbir yakunida odam savdosi hamda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish kelishib olindi.