23 August 2020 year 1456

Viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shavkat Mavlyanov Xovos tumani “Oqchangal” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 08-yanvar kunidagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida barcha sektor rahbarlari aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvolini oʻrganish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazishi koʻrsatilgan. Mazkur qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida Xovos tumani “Oqchangal” mahallasida viloyati 3-sektor rahbari tomonidan fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Dastlab, Boshqarma boshligʻi “Oqchangal” mahallasidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ularning muammolarini uyma-uy yurib oʻrganildi. Boshqarma boshligʻi tomonidan fuqarolarni murojaatlari birma-bir tinglandi. Murojaatlarning mazmuniga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, asosan mahallada ish bilan taʼminlash, tibbiy xizmatni yaxshilash, nafaqa olish, mahalla koʻchalariga tosh-shagʻal yotqizish masalalarida muammolar bilan murojaat qilindi. Qabul jarayonida muammolarning barchasi bartaraf etilib, ushbu xonadon egalarini moddiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xovos tumani 3-sektor rahbari tomonidan 20 bosh qoʻylar tarqatildi. Bunday muloqotlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech