Sardobaning mard o'g'loni. Sardoba tuman IIB HPB profilaktika inspektori Otabek Begmatovga bag'ishlanadi!.
Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
To'satdan qo'ng‘iroq jiringlab shu on,
Noxush xabar keldi,
Xayratda Posbon,
Sardoba suv ombori bo'libdi vayron !.
Posboning yuzlari oqardi shu payt,
Qutqaruv ishiga shoshildi barvaqt.
Suv ham shiddat bilan oqardi to‘lib,
Posbonning yuragi xapqirgan bo‘lib.
O‘zin yo‘qotmadi, o‘z ishin bildi,
Aholini uyg'otishga harakat qildi,
Tashqariga chiqdi ko'plab olomon,
Yuzlarida qo'rquv bor juda ham yomon.
Posbon ularni xavfsiz joyga ko‘chirdi,
Elektrni, gazni tezda o‘chirdi.
Kimlardir yaqinin izlab baqirar,
Kimdurlar qo'rquvdan yig'lardi zor zor,
Kim esa chaqirar yordam bering deb,
Yana oshiqadi bizning haloskor!
Qutqarib bo'lganda yana u bir dam,
Eshitildi bolalar yig'isi ham,
Posbon darrov shoshildi uyga otildi,
Bolalarni xavfsiz joyga olib chiqdi ham.
Ne ko'z bilan ko'rmasin,
Mahallani deyarli suv bosgan edi,
Aholi esa xavfsiz joyga qochgan edi.
Kim ekan deb qiziqyabsiz u posbon ?
Katta leytenat Otabek Begmatov,
U Vatanparvar inson.
Shunday inspektorlarimiz bor bo'lsin har vaqt,
Yurtimizga boshqa hech qachon kelmasin bunday noxush ofat!!!
O'zbekiston Respublikasi IIV Sirdaryo akademik litseyi 106-guruh o'quvchisi Bozorov Behruz.