7 Январ 2022 йил 742

Мактаб ўқувчиларининг қишки таътилларини мазмунли ўтказиш мақсадида тадбирлар ташкиллаштирилмоқда

Azaldan insonlarga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatib kelayotgan, ularni bilimli, tarbiyali qilib, kasb-hunar oʻrgatib, komillik va yaxshilikka yetaklovchi muhim omil – bu kitobga doʻst boʻlishdir. Darhaqiqat, insonga kitobdan qimmatli doʻst yoʻq. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, ezguliklarga undaydi.

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlikni rivojlantirishga davlat siyosati darajasida qaralmoqda. Soʻnggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, bu orqali maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir.

Joriy yilning 07-yanvar kuni Sirdaryo viloyati hududidagi maktab oʻquvchilarining qishki taʼtillarini mazmunli oʻtkazish, ularning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyati Axborot kutubxona markazi binosida Guliston shahar 9-sonli oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida “OʻYLA, IZLA, TOP!” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Oʻtkazilgan ushbu intellektual oʻyinda oʻquvchi yoshlar 5 ta shart, “Tanishtiruv”, “Adiblar hayoti va ijodi boʻyicha maʼlumot”, “Badiiy asarlar bilimdoni”, “Ifodali oʻqish”, “Maqollar aytishuvi” shartlari boʻyicha bellashdilar.

Ushbu intellektual oʻyinda oʻquvchilarning bilimi, kitobxonligi, oʻqigan badiiy asarlari boʻyicha bilimlari sinovdan oʻtkazildi. Intellektual oʻyin yakuniga koʻra “Kitobsevarlar” jamoasi 1-oʻrinni, “Yosh kitobxon” jamoasi 2-oʻrinni va “Kitobxonlar” jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritib, boshqarma boshligʻining qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Tashkil etilgan bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻquvchi yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish uchun xizmat qilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati.

Text to speech