11 Май 2020 йил 875

Ichki ishlar azamatlari

Tun tun emas, kunduz kunduzmas,
Halovatni bilmagan jonlar.
Vatan uchun, vatandoshlar-chun
Xizmatga shay jasur o‘g‘lonlar-
Sherday yurak, adl qadlari,
Ichki ishlar azamatlari.

Yomg‘ir nima, nima qor, shamol?!
Burchi og‘ir, mehnati halol,
Doim sergak, postda barqaror,
Omon bo‘ling, ko‘rmang hech zavol-
Yurt tinchligi pok niyatlari
Ichki ishlar azamatlari.

Qahramonlik yurgan yo‘llari,
Qahramonlik har bir kunlari.
Yaxshi-yomon har qanday kunda
Suyanch bizga tizim kuchlari.
Kulsin doim omad, baxtlari,
Ichki ishlar azamatlari.

Har mushkulga ko‘ksi qalqonsiz,
Toshqinlarda metin to‘g‘onsiz.
Yurt tirgagi,xalqning ishonchi,
Siz biz uchun misli qo‘rg‘onsiz.
Yuzi yorug‘ sinov paytlari
Ichki ishlar azamatlari.

IIV Sirdaryo Akademik litseyi 201-guruh o‘quvchisi

Turg‘unova Shahnozabonu

Text to speech