BOBOM AYTGAN HIKOYA G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi. Zero qadr muqaddas-xotira aziz.
Bo‘z bolani yigit qilgan qora kun,
Polaponni burgut qilgan qora kun.
Urush vahmi bosib keldi dunyoni,
Bashariyat ko‘z yummadi o‘sha tun.
Eshilgancha po‘lat izlar sim yig‘ladi,
Yarim dunyo Shirinlari sim yig‘ladi.
Yig‘lamadi faqat o‘ktam bahodirlar,
Olov yongan yuraklarin jim tig‘ladi.
Eshelonda ketgandilar bahor payti,
Yigitchalar lab ustida yoshlik bayti.
Urush tugab, yana og‘ir eshelonlar,
O‘ttiz yoshli keksalarni olib qaytdi.
Eshelonlar...to‘lib ketgan, shoshib ketgan,
Yo‘l o‘stirgan yigitlarga toshib ketgan.
Endi qaytar toshbaqaning yetovida,
O‘rindiq askarlarga birday yetgan.
Bo‘sh qaytadi hilpirab minglarcha yeng,
Qo‘ltiqtayoq oyoqlarning soniga teng.
Ko‘zlarga sig‘ar ekan bori dunyo
Yolg‘onchidir, kimki desa dunyosi keng...
Qurolimiz zo‘r ishonchu chidam edi,
Lekin odam o‘ldirmoqlik sitam edi.
G‘oyalar boshin yedi ne millatni,
Olmonning bolasi ham odam edi...
Tonglar otdi, bodi sabo kabi yeldik,
Kurash izsiz ketmas ekan, bugun bildik.
Hikoyamning xotimasi kurashchilar,
Biz Quyoshni Berlindan olib keldik.
IIV Sirdaryo Akademik litseyi 207-guruh o'quvchisi
Muxtorov Dilshodbek O'tkirbek o'g'li