"Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun"
Mamlakatimiznig barcha hududlarida 25 noyabrdan 10 dekabr kuniga qadar "Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" turkum tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda va bu ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filialining majlislar zalida "Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlab" davra suhbati o‘tkazildi.
Unda "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filialining xotin-qizlar tashkiloti, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha vakillari, shuningdek, filial va tuman-shahar gaz ta'minoti bo‘limi xotin-qizlari ishtirok etdilar.
Dastlab, Ichki ishlar boshqarmasining Jamoat xavfsizligi xizmati, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Muxabbat Xidiraliyeva zo‘ravonlikka qarshi kurashda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar hamda zo‘ravonlikning turlari to‘g‘risida misollar tariqasida so‘zladi.
Suhbat davomida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligi, ruhiy ijtimoiy barqarorligi ham jamiyatda o‘z o‘rnini topishda, zo‘ravonlik qurboniga aylanib qolmaslikda muhimligi alohida taʼkidlandi.
So‘ngida, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.