2 Mart 2022 yil 311

JIB Sayxunobod tuman sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazdi.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sayxunobod tumani sudining raisi S.Razakov raisligida hamda tuman IIB JXX Probatsiya guruhi katta inspektori kapitan O.O‘.Bastamovlar ishtirokida Sayxunobod tuman Paxtakon MFYda sayyor sud bo‘lib o‘tdi.

         Sayyor sud majlisida quyidagi masalalar ko‘rildi.

- Tuzalish yo‘liga o‘tgan 4 nafar nazorat ostidagi shaxslar R.A, B.R hamda B.Ular O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan jazo o‘tashdan muddatidan ilgari ozod etildi.

-Shuningdek, o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tamay jazodan bo‘yin tovlagan 2 nafar nazorat ostidagi shaxslar X.J va S.Olarning jazosi boshqa og‘irroq jazoga almashtirildi hamda nazorat ostidagi shaxs Sh.K jazodan bo‘yin tovlaganligi va o‘ziga yuklatilgan taqiq(cheklov)larni buzganligi uchun o‘talmay qolgan ozodlikni cheklash jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.     

Sud jarayonida raislik etuvchi  S.Razakov tomonidan mahkumlar huquq va majburiyatlari qayta tushuntirildi, agarda shu davr mobaynida qayta jinoyat sodir etsa, O‘zbekiston Respublikasi JKning 60-moddasi oqibatlari to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berdi.

 Sayxunobod tumani IIB  Probatsiya guruhi

Text to speech