15 Noyabr 2021 yil 297

JIB Boyovut tumani sudi tomonidan Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shahslar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi

Boyovut tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish maqsadida JIB Boyovut tumani sudi ma’muriy binosida sud majlisi o‘tkazildi.

Jumladan Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1962 yilda tug‘ilgan, Boyovut tumani Madaniyat mahallasida yashochi nazorat ostidagi shaxs A.A o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 22 kun o‘talmay qolgan jazosidan, 1981 yilda tug‘ilgan Boyovut tumani Do‘stlik MFYda yashovchi X.Fni  1 yil 3 oy 10 kun o‘talmay qolgan jazosidan, 1996 yil tug‘ilgan Boyovut tumani Sarmich MFYda yashovchi Sh.Sh 10 oy 7 kun o‘talmay qolgan jazosidan, 1997 yilda tug‘ilgan Jo‘langar MFYda yashovchi O‘10 oy 7 kun o‘talmagan jazosidan, 1992 yil Mirzaobod tumanida tug‘ilgan, Boyovut tumani Jo‘langar MFYda yashovchi T.Sh 10 oy 5 kun o‘talmay qolgan jazosidan JIB Boyovut tumani sudining ajrimi bilan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod etildi.

Bundan tashqari nazorat ostidagi shaxslar 1981 yilda tug‘ilgan Boyovut tumani Do‘stlik MFYda yashovchi X.F transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosidan, 1984 yilda tug‘ilgan Boyovut tumani Yangibo‘ston MFYda yashovichi M.B transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosidan, 1952 yilda tug‘ilgan Boyovut tumani Iftixor MFYda yashovchi P.Ular muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan o‘zlarining shaxsiy iltimosiga ko’ra JIB Boyovut tumani sudi tomonidan o‘rganilib chiqilib, 3 nafari o‘zining iltimosnomasiga asosan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan, 5 nafari IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan jami 8 nafari nazorat ostidagi shaxslar JIB Boyovut tumani sudining ajrimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin jazo o‘tashdan shartli ozod etildi.

O‘tkazilgan sudda JIB Boyovut tuman sudining raisi Shuxrat Ismailov, sud kotibi Begzod Bekturaev, tuman prokurorining yordamchisi Bo‘ronov Muxammad Nemat o‘g‘li, Boyovut tuman IIO Probatsiya guruhi katta inspektor kapitan U.M.Tog‘aev, inspektori kapitan F.A.Mirzaevlar va 10 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdi.   

         Boyovut tumani IIO Probatsiya guruhi  

Text to speech