30 Oktyabr 2024 yil
817
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 28.08.2024 yildagi O‘RQ-948-son
Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishiga, sha’ni va kadr-qimmati hurmat qilinishiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga), O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) hamda insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning saylovlarda hamda referendumda ishtirok etishga bo‘lgan huquqi mustahkamlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda, № 8, 469-modda, № 9, 588, 592-moddalar, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 6, 337-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 11, 1061-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 5, 464-modda; 2023-yil, № 2, 104-modda, № 3, 187-modda, № 4, 269-modda) kuyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 6-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi qismi kuyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
beshinchi — o‘n birinchi xatboshilari tegishincha oltinchi-o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin;
5) 97-modda to‘rtinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “differensiatsiya” degan so‘z “tabaqalashtirish” degan so‘z bilan almashtirilsin.