9 Oktyabr 2023 yil 3676

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Mirzaraximov Sirdaryo viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari B.Mirzaraximov Sirdaryo tumanida bo‘lib, tumandagi jinoyatchilik ahvoli hamda huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda tumandagi aynan qizil va sariq toifadagilarni yashil toifadagi hududga aylantirish choralari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tumanning “Kamolot" hamda ”Do‘stlik" mahallalarida bo‘lib, mahalla beshligiga yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, beshlik aʼzolari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish bo‘yicha suhbat olib bordi. Suhbat davomida mutasaddilarga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Sirdaryo viloyatidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Axborot xizmati 

Text to speech