7 Oktyabr 2023 yil 6445

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Maʼnaviy - maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i general-mayor Davron Nazarmuxamedov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda.

Vazir o‘rinbosari Xovos tumani hamda Yangiyer shahri Ichki ishlar bo‘limlariga tashrif buyurdi.

Xovos tumani Ichki ishlar bo‘limida bo‘lgan vazir o‘rinbosari avvalo, maʼmuriy binoda xodimlar va aholiga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud muammolarga eʼtibor qaratib, tuman sektor rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Mutasaddilar tumanning “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘ini joylashgan huquq-tartibot maskani binosiga borib, maskanning shart-sharoitlari bilan tanishdi. Mahalla beshligi bilan samimiy muloqot davomida amaliyotga joriy etilgan yangi tizim bu boradagi ishlar ko‘lamini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

Shundan so‘ng vazir o‘rinbosari tomonidan Yangiyer shahrida tungi xizmatga jalb qilingan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda hamkor tashkilotlar xodimlariga har bir mahalladagi profilaktika inspektorlari bilan  hamkorlikda ishlarni tashkil etish, mahallada jamoatchilik birgalikda hududda jinoyatchilikni jilovlash borasida amaliy ishlarni tashkil etish yuzasidan yo‘riqnomalar berildi.

Yangiyer shahrining “Fazilat” mahallasi shahar markazida joylashgan. Vazir o‘rinbosari mahallada joylashgan huquq-tartibot maskaniga tashrifi davomida “beshlik” vakillarining hamkorlikda jinoyatchilikni oldini olish borasida olib borgan ishlari bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida mahallaning kriminogen vaziyatiga taʼsir qilayotgan omillar, shuningdek, kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, salmog‘i yuqori bo‘lgan jinoyatlarni oldini olishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda maxsus kontingent bilan ishlash kerakligi borasida mahalla beshligiga alohida topshiriqlar berdi.

Text to speech