10 Noyabr 2022 yil 283

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish eng ustuvor masaladir.

Viloyat hududida voyaga yetmaganlar, ayniqsa o‘quvchi yoshlar tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish hamda O‘zbekiston Respublikasining 2010 yil 29 sentyabr kunidagi "voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida"gi qonun hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 10 noyabr kuni Guliston shahridagi 7-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Sirdaryo viloyati IIB xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘ining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari mayor Mamayusupova Nigora hamda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati yoshlar bilan ishlash guruhi katta inspektori katta leytenant Shoxrux Tursunovlar maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbati davomida yoshlarni "O‘tish davri"da huquqbuzrlik va jinoyatchilik yo‘liga kirib qolmasliklari, doimo ona yurtga, vatanga sadoqatli yetuk inson bo‘lib yetishib chiqishlari, shundagina vatan oldidagi o‘zlarining chin fuqarolik burchlarini oqlashliklari xususida aytib o‘tishdi.

O‘quvchilar davra suhbati davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birgalikda o‘zlari uchun kasb tanlash, hayotdagi muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qila olish yuzasidan ham qimmatli bo‘lgan maslahatlarni tinglash imkonidan mamnun bo‘ldilar. Guliston shahar 7-sonli ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabi direktori davra suhbati yakunida tashrif uchun mehmonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirib, o‘quvchi yoshlar uchun bu kabi uchrashuvlar tez-tez o‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech