24 May 2022 yil 335

“Ye-mexmon” dasturi bo‘yicha reyd tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xorijiy fuqarolarni hisobga olish bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 sentyabrdagi 593-sonli Qarori “O‘zbekiston Respublikasida Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini taʼminlab Xorijiy davlatlardan kelgan, shuningdek Respublikamizning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, joylashtirish vositalari yoki davolash muassasalarida elektron tizim orqali vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini o‘rganilib Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan mehmonxonalar, davolash muassasalari, xususiy klinikalarda o‘rnatilgan “E-mexmon” dasturini ular tomonidan o‘rnatilib qo‘llanilib kelinayotganligini tekshirilib kelinmoqda. Hozirgi kunda viloyatimiz hududida o‘tgan 4 oy davomida ushbu belgilangan tartibga yaʼni O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan 126 nafar chet el fuqarolariga, hamda ushbu chet el fuqarolarini yashash qoidalarini buzib yashashiga shart-sharoit yaratib bergan 85 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasining tegishli bandlariga asosan, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Text to speech