10 Iyul 2022 yil
944
Yangiyer shahrida noqonuniy patronlar aniqlandi.
Olingan maʼlumotga koʻra, Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, 1988-yilda tugʻilgan, Yangiyer shahrida yashovchi, fuqaro Q.Tning hovlisidagi molxonasi koʻzdan kechirilganda 10 dona noqonuniy oʻq-dorilar saqlanayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda, ushbu holat yuzasidan Yangiyer shahar IIB JQB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.