21 Iyun 2022 yil 246

Yangiyer shahar IIBda “Intizom oyligi” jadallik bilan tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil 07-iyun kunidagi “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini mustahkamlash hamda “Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida “Intizom oyligi”ni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 135-sonli Farmoyishiga asosan Yangiyer shahar IIBda ham “Intizom oyligi” davomida amaliy ishlar samarali tashkil etilmoqda.

Xodimlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda hamda ularni tizimda professional kadr boʻlib yetishida maʼnaviy-maʼrifiy sohaning oʻrni beqiyosdir.

Bugungi kunda Yangiyer shahar IIB boshligʻining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari kapitan Ilyos Amanbayev tomonidan “Intizom oyligi” doirasida shaxsiy tarkibning yashash xonadonlari, xizmat faoliyati, jismoniy-jangovar holatini oʻrganib, ular bilan muntazam ravishda individual tarbiyaviy suhbatlar oʻtkazib, viloyat miqyosida maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy hamda tarbiyaviy yoʻnalishlarda shaxsiy namuna koʻrsatib kelmoqda.

Jumladan, “Intizom oyligi”da “Xodimbay ishlash” tizimiga asoslanib, 20 nafardan ziyod xodimning oilasini, xizmat faoliyatini oʻrganib, ularda yuzaga kelgan muammolarni oʻz joyida bartaraf etishda tashabbus koʻrsatgani shaxsiy tarkibning jangovar ruhiyatini yanada koʻtarilishiga sabab boʻlmoqda.

Tashkil etilayotgan bu kabi amaliy ishlar kelgusida xodimlar tomonidan xizmat va ijrochilik intizomini, qonun buzilish holatlarini yuzaga kelishini barvaqt oldini olishga samarali vosita boʻlib, har bir xodimni Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishini taʼminlaydi.

Text to speech