1 Iyul 2022 yil 382

 Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari “Maʼrifat” mahallasi hududida aholining muammolarini uyma-uy yurib o‘rgandi.

Yangiyer shahar 3-sektor rahbari shahar IIB boshlig‘i mayor B.Xudaybergenov sektor hududidagi “Maʼrifat” mahallasi Yangi oy ko‘chasida sektorga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2019 yil 8 yanvardagi, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4102-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududda yashovchi fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish maqsadida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq muloqot o‘tkazdi. Sektor rahbari va ishchi guruh aʼzolarining uyma-uy yurgan holda aholi muammolarini o‘rganish vaqtida jami 7 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 4 tasi joyida tegishli mutasaddi masʼul rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etildi. Qolgan 3 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Ushbu uyma-uy yurib o‘rganilganda aholi tomonidan asosan mahalladagi ichimlik suvi, ichki yo‘llarni taʼmirlash, ko‘chalarni yoritish, bolalar sportini rivojlantirishda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 7 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarning 4 tasi joyida bartaraf etilib, qolgan 3 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Jumladan, Yangiyer shahar “Maʼrifat” MFY, Yangi oy ko‘chasi, 3a/19-uyda yashovchi fuqaro Usmonov Elmurod Gayratovich murojaati qilib, yashash kelayotgan ko‘p qavatli uyining oldiga ko‘cha tomonga qaratib projektor o‘rnatishda amaliy yordam so‘radi. Shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i masʼul xodimlari tomonidan ushbu kamchilik joyida bartaraf etilib projektor o‘rnatib berildi.

Shuningdek, Maʼrifat mahallasi, Mamadaliyev ko‘chasi 21/6-uyda yashovchi fuqaro Eshonqulova Nazokat Mamatqulovna, Yangi oy ko‘chasi 10/10 uyda yashovchi fuqaro Yaxshiboyeva O‘g‘loy Usanovna,  Fazogirlar ko‘chasi 5/12–uyda yashovchi fuqaro Abdullayeva Salima Malikovnalarga 12 xil turdagi oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Bu kabi uchrashuvlardan mahallaning har bir ko‘chalarida yashovchi fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech