27 May 2022 yil 376

Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari aholi muammolarini o‘rganmoqda.

2022 yil 26 may kuni Yangiyer shahar IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari mayor B.I.Xudaybergenov Yangiyer shahar “Davlatobod” mahallasi hududida aholi bilan “Sayyor qabul” o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi turmushida uchrayotgan to‘siqlar, muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu sayyor qabulda aholi tomonidan asosan mahalladagi elektr ustunlarini, ichimlik suvi minorasini, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish, mahalladagi oqar suv muammosini hal etish hamda kanalizatsiyalar tizimini tozalashda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 16 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlar qisqa muddatli nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlarga ijobiy hal qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Jumladan, shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Yangiyer shahar “DavlatobodMFY, Yangi bog‘ ko‘chasi, 9/45-uyda yashovchi Oyeva Gulnoz Narzullayevna murojaati qilib tikuvchilik yo‘nalishi bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini bitirganligi uchun o‘zini o‘zi band qilish maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinkasi berishni so‘radi, Ushbu murojaat yuzasidan Yangiyer shahar ABKM tomonidan 1 dona tikuv mashinkasi berildi. 

Bu kabi uchrashuvlardan keyin aholi tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Text to speech