17 Avgust 2022 yil 219

Yangiyer shahar 3-sektor rahbari tomonidan mahallalarda aholi muammolari oʻrganilmoqda

Yangiyer shahar IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Yangiyer shahar “Davlatobod” mahallasi hududida fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazdi. Sayyor qabulda shahar 4-sektor rahbari, shahar Adliya boʻlimi boshligʻi, shahar hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi va shahardagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. 

Oʻtkazilgan sayyor qabul davomida aholi turmushida uchrayotgan toʻsiqlar, muammolar hamda ularni yechimi boʻyicha takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi. Ushbu sayyor qabulda fuqarolar tomonidan asosan mahalladagi tibbiy xizmat, ichimlik suvi, ichki yoʻllarni taʼmirlash, bolalar nafaqasini olish, oʻzini oʻzi band qilish uchun subsidiya olishlarida amaliy yordam berish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Qabulda fuqarolardan 12 ta murojaat kelib tushib, ulardan 3 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, 9 tasining ijrosi sektor rahbari nazoratiga olindi.

Yangiyer shahar IIB

Text to speech