22 Iyun 2022 yil 279

Yangiyer shahar 3-sektor rahbari joylarga chiqqan holda aholi muammolarini o‘rganmoqda.

Yangiyer shahar 3-sektor rahbari shahar IIB boshlig‘i mayor B.Xudaybergenov sektor hududidagi “Shodiyona” mahallasi Talabalar va Meʼmorlar ko‘chalarida sektorga biriktirilgan ishchi guruh aʼzolari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, 2019 yil 8 yanvardagi, “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yana-da takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4102-sonli qarori ijrosi yuzasidan hududda yashovchi fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish maqsadida aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq muloqot o‘tkazdi. Sektor rahbari va ishchi guruh aʼzolarining uyma-uy yurgan holda aholi muammolarini o‘rganish vaqtida jami 8 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 5 tasi joyida tegishli mutasaddi masʼul rahbarlari ishtirokida ijobiy hal etildi. Qolgan 3 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Ushbu uyma-uy yurib o‘rganilganda aholi tomonidan asosan mahalladagi ichimlik suvi, ichki yo‘llarni taʼmirlash, imtiyozli kredit olish, bolalar sportini rivojlantirish hamda kanalizatsiyalar tizimini tozalashda amaliy yordam berish kabi masalalarida murojaatlar kelib tushdi. Qabulda 20 nafardan ortiq fuqarolar qatnashib, ulardan 8 nafari turli masalalarda murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarning 5 tasi joyida bartaraf etilib, qolgan 3 tasi qo‘shimcha muddat talab etilganligi sababli tegishliligi bo‘yicha masʼullarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Jumladan, Yangiyer shahar “Shodiyona” MFY, Talabalar ko‘chasi, 9-uyda yashovchi fuqarolar Arslonova Maʼmura Yuldoshevna hamda Gopporova Anora Obilqosimovnalar murojaati qilib, yashash kelayotgan ko‘p qavatli uyining kanalizatsiyalar yaxshi ishlamayotganligini maʼlum qildi, Shahar IIB boshlig‘ining topshirig‘iga asosan Sirdaryo viloyati “Suvtaʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyati Yangiyer shahar filiali masʼul xodimlari tomonidan ushbu kamchilik joyida bartaraf etilib kanalizatsiya quvurlari tozalab berildi. Shuningdek, Shodiyona mahallasi, Meʼmorlar ko‘chasi 12/12–uyda yashovchi fuqaro Mamarasulova Salomat, Fazogirlar ko‘chasi 12/2–uyda yashovchi fuqaro Abduazimova Anorxol, Yangi bog‘-ko‘chasi 17–uyda yashovchi fuqaro Norov Raxmon, Fazogirlar ko‘chasi 5/12–uyda yashovchi fuqaro Meliyeva Nigoralarga 12 xil turdagi oziq ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bu kabi uchrashuvlardan mahallaning har bir ko‘chalarida yashovchi fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarning har birini ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha 3-sektor rahbariyati tomonidan shaxsan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

Yangiyer shahar IIB

Text to speech