15 Oktyabr 2022 yil 375

YANGI O‘ZBEKISTONDA EL AZIZ, INSON AZIZ

Shu yilning 15 oktyabriga qadar “Yangi O‘zbekistonda – inson qadri ulug‘langan yurt!” ezgu shiori ostida sanʼatkorlar, maʼnaviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar hamda Kinematografiya agentligining «Kinokarvon» jamoasi ishtirokida festival bo'lib o'tmoqda. Ushbu festival doirasida bir guruh ijodkorlar 14 oktyabr kuni IIV Sirdaryo akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Tadbirda so‘zga chiqqan taniqli aktyor, suxandon Farhod Bobojonov o‘quvchilar bilan dildan suhbat qurib, tashrif buyurishdan asosiy maqsad, o‘quvchilarimiz qalbida Vatanimiz ravnaqi va kelajagi uchun daxldorlik xissini yana-da kuchaytirish, ularni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida tarbiyalash, o‘quvchilarni ongu tafakkuri, dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga hissa qoshish  alohida urg‘u berdi. Shuningdek, tadbir davomida O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Nodira Mahmudova yig'ilganlarga Vatan haqidagi ajoyib monolog aytib, gulduros qarsaklarga sazovor bo'lgan bo'lsa,  yosh qo'shiqchilar  Surayyo Qosimova va Toxirbek Xamidovlar ijrosidagi  dilkash taronalar tadbirga yana-da ko‘tarinki kayfiyat bag'ishladi. Respublikamiz madaniyat xodimlari tomonidan o‘tkazilgan mazkur  tadbir bilan  ustozlar va O'quvchi-yoshlar  yuziga tabassum  va qalbiga quvonch ulashishdi.                                                                

Tadbir  yakunida ijodkorlar  bo‘lajak tartib posbonlariga kasb sirlari hamda  bilim va ko‘nikmalarni egallashda omad va kuch-quvvat  tilab o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar

Text to speech