23 Avgust 2022 yil 3103

Yangi O`zbekistonda el aziz, inson aziz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ–5050-son qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi” ijrosini taʼminlash hamda ichki ishlar organlari xodimlarini milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish, qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi yoʻlida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib boʻlish tuygʻusini shakllantirish, har qanday sharoitda davlat va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, vatanparvar, milliy qadriyatlarga sodiq barkamol shaxs sifatida tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz bir yilligi bayramini munosib kutib olish maqsadida, Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!” shiori ostida 2022 yil 1-avgust kunidan 1-sentyabr kuniga qadar “VATANPARVARLIK OYLIGI”ni oʻtkazish toʻgʻrisidagi Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani ichki ishlar boʻlimi xodimlari Sanʼatda havaskor isteʼdodlar guruhlari tomonidan “Uchinchi renessans poydevori yosh vatanparvarlar” sahna chiqishlaridan bahramand boʻlishdi. Xodimlarning ish kuni mana shunday madaniy tadbir bilan koʻtarinki ruhda boshlandi.

 Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati va IIV huzuridagi Tergov Departamenti Kadrlar bo‘linmasi.

Text to speech