20 Sentyabr 2022 yil 239

Xovos tumanida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Xovos tuman hokimligi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi, Yoshlar agentligi Xovos tuman bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasi  tadbiriga 8 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni va ixtiyoriy hisobot topshirgan “Tekstil fashionMCHJ, TYFUK, “OMAD TEKS” MCHJ, Xovos tuman suv taʼminoti bo‘limi, Toza hudud DUK Xovos tuman bo‘limi, Toshkent shahridagiTexno park” MCHJ, “Tuman Obodonlashtirish bo‘limi, Tuman tibbiyot birlashmasi, jami 450 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etib, “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” yarmarkasida qatnashdilar.

Xovos tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan mahkumlardan 82 nafari ishtirok etdi va ularning mutaxassisligidan kelib chiqqan xolda, bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Shulardan 3 nafari “Tekstil fashion” fabrikasiga ishga joylashtirildi. 4 nafariga tumandagi tashkilotlarga ishga joylashtirish uchun yo‘llanmalar berilib, 23 nafariga subsidiya olish tartibi tushuntirildi. Tadbir ishtirokchilariga mehnat qonunchiligi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.    

     Xovos tuman IIB Probatsiya guruhi

Text to speech