Xovos tumanida ham ogʻufurushlar qoʻlga olindi.
Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan Xovos tumani, Xovos shaharchasida yashovchi fuqaro ism sharifi shartli o‘zgartirilgan Jamol ismli shaxsning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadonida jami 6 dona qora rangli, 250 grammli, qog‘ozdan ishlangan idishlarda, 3-5 sm uzunlikdagi tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan nasha giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlangan.
Sud kimyoviy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, jamol ismli shaxsdan olingan o‘simliklar tarkibida faol giyohvand modda tetragidrakannabinol mavjud bo‘lib, bu o‘simlik nasha o‘simlik ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Hozirda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.