1 Avgust 2022 yil 530

Xovos tumanida giyohvand oʻsimliklarini yetishtirish holati aniqlandi.

Olingan maʼlumotga koʻra, Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida 1973-yilda tugʻilgan, Xovos tumanida yashovchi X.Aning yashash uyi tomorqasi koʻzdan kechirilganda, tomorqa ariq ichida daraxt shoxlari orasida bir dona qora rangli yelim tuvak ichiga 1 tup, boʻyi taxminan 20-25 sm uzunlikda boʻlgan “Nasha” giyohvandlik oʻsimligini ekib, parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.

Text to speech