6 Iyul 2022 yil
643
Xovos tumanida giyohvand oʻsimliklarini yetishtirish bilan bogʻliq yana bir holat aniqlandi.
Olingan maʼlumotga koʻra, Xovos tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida, 1958-yilda tugʻilgan, Xovos tumanida yashovchi D.Dning yashash uyi tomorqasi koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 4 tup, boʻyi taxminan 25-30 sm uzunlikda boʻlgan “koʻknori” giyohvandlik oʻsimliklari ekib, parvarishlab kelayotganligi va gullar orasiga 1 tup quritilgan koʻknori borligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Holat yuzasidan Oʻz.Res JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 1-qismibilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish choralari koʻrilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati