24 Iyun 2022 yil 446

Xovos tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Natijalarga ko'ra......

O‘tkazilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari” mehnat yarmarkasi Xovos tumanda yashovchi ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarni ish bilan taʼminlash, tumandagi bandligi taʼminlanmagan ishsiz fuqarolarni, IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan nazoratdagi shaxslarni ish bilan taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha  o‘tkazildi. Unga ko‘ra mehnat yarmarkasida 8 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining ko‘rgazmali qurollari va stendlari bilan bo‘sh ish o‘rni va ixtiyoriy hisobot topshirgan “Besh fashion” fabrikasi, “Haq to‘laydigan jamoat ishlari” “ElegantMCHJ, “Xovos shirinliklari”  MCHJ, “Zamon” MCHJ, “Bek-klaster” MCHJ, “Tuman Obodonlashtirish bo‘limi, Tuman tibbiyot birlashmasi,  bo‘sh ish o‘rni  bilan jami 315 ta bo‘sh ish o‘rni bilan tadbirda ishtirok etishdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z o‘zini band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish  to‘g‘risidagi 566-sonli qarori haqida kelganlarga maʼlumot berilib, ushbu guvohnomani olgan fuqarolarga beriladigan imtiyozlar va afzalliklari hamda ularga ijtimoiy huquqiy kafolatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Xovos tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan mahkumlardan 21 nafari ishtirok etdi va ularning mutaxassisligidan kelib chiqqan holda bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. 

Shulardan 9 nafariga ABKM tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 2022 yil 1 iyul holatiga ishlash uchun yo‘llanmalar berildi. Tuman tibbiyot birlashmasiga kvota ish o‘rinlariga 2 nafar fuqaroga ishga joylashish maqsadida yo‘llanma berildi. 5 nafar fuqaroga mehnat qonunchiligi to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.       

       Xovos tumani IIB Probatsiya guruhi

Text to speech