26 Noyabr 2021 yil 292

Xovos tumani IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar jazodan muddatidan ilgari sharti ozod etildi

Xovos tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan tuman IIO Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ozod etish maqsadida Xovos tumani Tinchlik MFY hududida joylashgan huquq-tartibot binosida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida  ko‘rib chiqildi.

Jumladan, Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan 1962 yilda tug‘ilgan, Xovos tumani Qoraqum mahallasida yashovchi nazorat ostidagi shaxs I.Y o‘talmay qolgan 1 yil  11 oy 27 kun o‘talmay qolgan jazosidan, 1990 yilda tug‘ilgan Xovos tumani Istiqlol mahallasida yashovchi N.U 2 yil 3 oy 9 kun  o‘talmay qolgan jazosidan, 1973 yil tug‘ilgan Xovos tumani Chamanzor mahallasida yashovchi X.A 7 oy 24 kun o‘talmay qolgan jazosidan, 1993 yilda tug‘ilgan Binokor mahallasida yashovchi S.S 1 yil 10 oy 12 kun o‘talmagan jazosidan JIB Xovos tumani sudining 23.11.2021 yildagi ajrimiga bilan JKning 73-moddasiga asosan muddatidan oldin shartli ozod etildi.

O‘tkazilgan sayyor sudda JIB Xovos tuman sudining raisi J.Jabborov, sud kotibi M.Shodiev, Xovos tumani IIO Probatsiya guruhi katta inspektori mayor K.U.Donayev, inspektori leytenant SH.T.Yo’ldoshevlar va 12 nafar nazorat ostidagi shaxslar ishtirok etdi.  

       Xovos tumani IIO Probatsiya guruhi  

Text to speech