17 May 2022 yil 278

Xotin-qizlar masalalari yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi rayisi Z.Mahkamova viloyatning 236 ta mahallalarida ish boshlagan xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, xotin-qizlarni kasb-hunarga jalb etish yuzasidan oʻz tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, viloyatda oilaviy ajrimlar soni oʻsganligi tanqidiy tahlil qilindi. Tuman hokimi oʻrinbosarlari, mahalla xotin-qizlar faollari, viloyat adliya boshqarmasi, FHDYO boʻlimlari hamkorlikda ishlab arzimas bahona sababli ajrashib ketayotgan yosh oilalarning har biri bilan individual ishlash, ajrim sabablarini aniqlash, zarurart boʻlsa, oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash, oilaning moddiy sharoitlarini oʻrganib chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi. Oilada zoʻravonlik va tayziqlarning oldini olish, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish va ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi.

Text to speech