29 Iyun 2022 yil 235

Xodimlarining ruhiy barqarorligi, ijtimoiy-huquqiy manfaatlari doimo himoyada. Sirdaryoda «Xodim psixolog huzurida emas, psixolog xodim huzurida tamoyili» amalda.

Bugungi kunda ichki ishlar organlarida xodimlarning ruhiy salomatligi, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasiga alohida eʼtibor berilib, yuzaga kelayotgan muammo va takliflar joylarga chiqqan holda oʻrganib kelinmoqda.

Jumladan, sohada “Xodim psixolog huzurida emas, psixolog xodim huzurida tamoyili”ga asosan sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Xodimlarning ruhiy barqarorligi, sogʻlom axloqiy-ruhiy jabhalarining shakllantirishga qaratilgan bir qator tadbirlar, psixologik trening mashgʻulotlari olib borilishi bilan birgalikda ularning oila aʼzolari, farzandlari, yashash turmush tarzi ham alohida oʻrganilib kelinmoqda.

Bugungi kunda Sirdaryo viloyati IIB MMI va KBTX psixolog mutaxassislari hamda Ijtimoiy taʼminot guruhi masʼul xodimlari bilan hamkorlikda joylarga chiqqan holda xodimlarning oilasi, yashash turmush tarzi, ijtimoiy ahvoli, muammo va takliflari oʻrganilmoqda.

Shu vaqtga qadar psixolog-mutaxassislar tomonidan 200 nafardan ziyod xodimning yashash xonadoni oʻrganilgan boʻlsa, 400 nafar xodim bilan individual psixologik suhbatlar hamda trening mashgʻulotlari olib borilib, xizmat faoliyati va oilaviy turmush tarzi uchun zaruriy tavsiyalar berilgan boʻlsa, hududlarda olib borilgan oʻrganishlar davomida oilasida ijtimoiy koʻmakka, moddiy yordamga muhtoj boʻlgan 10 nafar xodim boʻyicha Boshqarma “Ijtimoiy masalalar boʻyicha komissiyaga” takliflar berildi.

Bundan tashqari, viloyat psixolog-mutaxassislari maʼnaviy-maʼrifiy, maʼdaniy tadbirlarni olib borilishida faol ishtirok etib, “Xodimbay” ishlash tizimi boʻyicha psixologik tadbirlarni ham jadallik bilan tashkil etishmoqda. Joylarda xodimlar bilan olib borilayotgan bu kabi tadbirlar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch” shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech