28 Aprel 2023 yil 882

Xodimlarining jismoniy va psixologik shayligi shakllantirilib borilmoqda.

Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni shaxsiy tarkibining tezkor-xizmat va jangovar vazifalarni bajarishda jismoniy va psixologik shayligini shakllantirish, turli huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish, kurashning jangovar usullarini va maxsus vositalarini mohirona qo‘llash, tezkorlik, shuningdek, xizmat faoliyati jarayonida yuqori ishchanlikni taʼminlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2022 yil 22 sentyabr kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarligini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi 383-sonli buyrug‘i talablari asosida, 2023 yilning fevral oyida O‘zbekiston Respublikasi JIU-JITSU federatsiyasi Sirdaryo viloyati bo‘linmasining malakali instruktor mutaxassislari ishtirokida sportning qo‘l jangi va sambo usullari bo‘yicha xodimlar bilan doimiy ravishda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib kelinmoqda.

Ushbu buyruq talablari asosida Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan xar oyi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlar tahlil qilinib, bunda past ko‘rsatkichga erishgan xodimlar bilan qo‘shimcha sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Text to speech