3 Noyabr 2021 yil 317

“Xavfsiz tun” tadbiri doirasida Sirdaryo viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash xizmati xodimlari tomonidan reyd tadbirlari olib borilmoqda

Sirdaryo viloyatida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida “Xavfsiz tun” tezkor va profilaktik tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda. Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularga barham berish va jinoyatlarni fosh etish yoʻnalishlarida ham aniq chora-tadbirlar belgilanib ijrosi taʼminlanib kelinmoqda. Viloyat hududidagi barcha shahar-tuman IIBlarining tungi xizmat faoliyatlari jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitlarni tahlil qilgan holda, “jinoyat oʻchoqlari” hisoblangan joylarda piyoda, moto va avtopatrul yoʻnalishlarini tashkil etgan holda, probatsiya nazoratidagi shaxslarning oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini uzluksiz tekshirish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etish boʻyicha zarur dastlabki tadbirlarni tashkil etish, fuqarolarning shaxslarini aniqlash choralarini koʻrish tartibida amalga oshirilib kelinmoqda. Tadbirga jalb qilingan xodimlar tomonidan 2-noyabr kunidan 3-noyabr kuniga oʻtar kechasi tungi vaqtlarda yurgan 195 nafar fuqarolar profilaktik suhbat oʻtkazilib, ushbu fuqarolarni shaxsiga oydinlik kiritildi.

  • spirtli ichimlik isteʼmol qilgan 19 nafar,
  • bemaqsad yurganlar 63 nafar

Bemaqsad yurgan shaxslar IIBga olib kelinib, ularni qoʻl barmoq izlari olindi va shaxsi aniqlanib, tezkor-profilaktik ishlovdan oʻtkazildi. Ular tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etmasliklari toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi. Tadbir davomida jami 111 ta obyektlar yaʼni, 45 ta umumiy ovqatlanish shahobchalari, 3 ta istirohat bogʻi, 13 ta korxona va tashkilot va 76 ta savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari tekshirildi.

Tungi vaqtlarda faoliyat olib boradigan 4 ta tungi koʻngil ochar maskanlar va ularda faoliyat olib borayotgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Tadbirga jalb qilingan xodimlar tomonidan fuqarolar qarovsiz qoldirgan mulklari, ularni egasini topish hamda ularga oʻz mulklarini qarovsiz qoldirmasligi haqida tushuntirishlar berildi. Viloyat hududidagi 37 ta tashkilot va korxona qorovullarini hushyor turishliklari toʻgʻrisida ogohlantirildi. Tadbir davomida jami 153 ta maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlanib, ushbu fuqarolarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Reyd tadbirlari viloyat hududi boʻylab davom etmoqda.

Text to speech