13 Avgust 2022 yil 551

“Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi

Sirdaryo viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tomonidan, Sayxunobod tumanining “Shodlik” mahallasida “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbiri tashkil etildi.

Mahalla raisi, xotin-qizlar bo‘yicha mutaxassis, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari ishtirokida, mahallada jinoyat sodir etishga moyil bo‘lgan hamda jinoyat qurboni bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlari tashkil etilib, ushbu toifadagi shaxslarning yashash tarzi o‘rganilib, profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Olib borilgan tadbir davomida, 120 ta xonadonlar pasport-rejimi asosida tekshirilib, xonadon sohiblariga jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan bukletlar va profilaktika inspektorining telefon raqamlari tarqatildi. 12 nafar boshqa viloyatdan kelib, doimiy ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab kelayotgan shaxslar aniqlanib tegishli maʼmuriy choralar ko‘rildi. 3 nafar nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar aniqlanib, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazlariga joylashtirildi.

Asosiy eʼtibor, fuqarolar xavfsizligiga, jinoyatchilikni oldini olishga qaratilib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Profilaktik tadbir davom etmoqda.

Text to speech