22 Avgust 2022 yil 248

Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.    

O‘zbekiston “Belbog‘li, Bel olish va Uch kurash” assotsiatsiyasining tashabbusi bilan Namangan viloyati Norin tumanida joriy yilning 14-21 avgust kunlari nufuzli Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tdi.  

Ushbu nufuzli XalqaroGran-pri musobaqaga Sirdaryo viloyatidan ham sportchilar ishtirok edi. Bular Sirdaryo viloyati IIB tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlar serjant Xaydarov Jamshid Baxtiyorovich, serjant Tojiboyev Nuriddin Xusniddin o‘g‘li va serjant Usarov Umidjon Xudayqulovichlardir.

Musobaqa qizg‘in va bahslarga boy bo‘ldi va bu musobaqada o‘z vazn toifasida nufuzli 1-o‘rinni serjant Usarov Umidjon Xudayqulovich, o‘z vazn toifasida sharafli  2-o‘rinni serjant Xaydarov Jamshid Baxtiyorovich va o‘z vazn toifasida 3-o‘rinni serjant Tojiboyev Nuriddin Xusniddin o‘g‘li egallab viloyatimizga qaytishdi.

Sirdaryo viloyati IIB TVBSO

Text to speech