16 Aprel 2022 yil 358

Xalq dardi bilan yashash, xalqqa xizmat qilish - eng asosiy vazifa!

Oqoltin tumani hududida imkoniyati cheklangan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi identifikatsiya ID-kartalari rasmiylashtirilib berilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohatlar jarayonida yoshi ulug‘ insonlarni ijtimoiy muhofaza qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat xizmati faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. 

Jumladan, Oqoltin tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruxiga kelishga imkoniyati yetarli bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga ularni yashash manzillariga yoki tegishli muassassalariga borib, ko‘chma biometrik mobil qurilma yordamida ID-kartalar  rasmiylashtirib berilmoqda.                 

Shuningdek, Oqoltin tumani Obod MFY Xalqobod ko‘chasida yashovchi 1-guruh nogironi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro Saydalieva Mavludaxon Amanovnaning yashash xonadoniga tashrif buyurilib, unga nisbatan maxsus mobil qurilma orqali ID-kartalar  rasmiylashtirib berildi.

Oqoltin tumani Obod MFY Xalqobod ko‘chasida yashovchi 2-guruh nogironi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro Saydaliev Aslbek Urayimjon o‘g‘lining yashash xonadoniga tashrif buyurilib, unga nisbatan maxsus mobil qurilma orqali ID-kartalar  rasmiylashtirib berildi.

Shunday ekan, ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari xalqning tashvishlariini yengil qilishda bor kuch-g‘ayratlarini ishga solib xizmat qilishda charchamaydi va bundan benihoya mamnunligini eslatib o‘tmoqchimiz.

Xalqqa xizmat qilish – eng oliy saodatdir.

Oqoltin tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish guruhi

Text to speech