14 Avgust 2021 yil 651

Voyaga yetmaganlarga sayohat uyushtirildi.

Joriy yilning 14-avgust kuni Sirdaryo viloyati IIB HPB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 490-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda markazda saqlanayotgan 4 nafar voyaga yetmaganlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash va Oʻzbekiston Respublikasi hamda Sirdaryo viloyati tarixi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati muzeyi va Guliston shahar Markaziy istirohat bogʻiga sayohat uyushtirildi. Tashkil etilgan sayru-sayohat davomida muzey xodimlari tomonidan markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni muzeyda saqlanayotgan nodir eksponatlar, Oʻzbekiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati tarixi bilan toʻliq tanishtirildi. Muzey sayohatidan katta taʼsurotlar bilan chiqqan voyaga yetmaganlarni, Guliston shahar markaziy istirohat bogʻiga olib borilib, turli xil atraksionlarda uchib maroqli xordiq olishlari tashkillashtirildi. Sayohat davomida markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarga markaz masʼul xodimlari xamroxlik qildilar.

Sirdaryo viloyati IIB HPB VEIXYOKM

Text to speech