Voyaga yetmaganlar va yoshlar masalasi – bugungi kun masalasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Q.Quranbayev rahbarligida 2023-yilning 19-iyul kuni o‘tkazilgan “Yoshlar o‘rtasidan jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishning yangi tizimini yaratish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi”da berilgan topshiriqlar va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan 2023-yil 30-martdagi 10/3/05-sonli qo‘shma qarorida berilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida 2023 yilning 03 avgust kuni Guliston shahar IIBda “voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish” yuzasidan tashkil etilgan ishchi guruhiga Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik H.T.Bekmurodov tomonidan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar yakunida ishchi guruh aʼzolariga vazifa va topshiriqlari belgilab berilib, namunali shtab faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kunlik olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinib viloyat shtabiga taqdim etib borishlik va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish to‘g‘risida chora-tadbirlar belgilab olindi.