Voyaga yetmagan ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga joylashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 490-sonli qaroriga asosan Sirdaryo viloyati IIB Xuquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2021 yil 21 sentabr kuni Guliston shahar 3-daha 55-uy 37-xonadonda yashovchi A.N Sirdaryo viloyati IIBga murojaat qilib o‘z murojaatida hozirgi kunda oilaviy sharoiti og‘iriligi turmush o‘rtog‘i bilan 5 yil oldin qonuniy ajrashganligini 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalashda qiynalayotganligini, ayol boshi bilan oilasini tebratib kelayotganligini ayniqsa to‘ng‘ich farzandi A.Nni tarbiyalashda keraklicha vaqt ajrata ololmayotganligi oqibatida qarovsiz va nazoratsiz qolib ketayotganligini inobatga olgan holda farzandini Viloyat hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan biriga joylashtirishda amaliy yordam so‘ragan.
Sirdaryo viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari va inspektor-psixolog xodimlarining hamkorligida Yangier shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan A.N Boyovut tumani 1-sonli matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatining 7-sinfiga joylashtiirildi.
Sirdaryo viloyati IIB HPB VEIHYOKM.