27 Yanvar 2022 yil 412

Viloyat hududida aholini turmush-tarzidan xabardor boʻlish, xavfsizligini taʼminlash maqsadida Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari tomonidan tunu-kun xizmat qilmoqda

Sirdaryo viloyati hududidagi barcha mahallalarda profilaktika inspektorlarining kunu-tun xizmati tashkil etilib, aholining ijtimoiy vaziyatini oʻrganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha ishchi guruhlar tashkil etildi.

Shu kunga qadar, 2.795 ta xonadonlar oʻrganilib, elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash, bemaqsad foydalanmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi. Oʻrganishlar davomida 808 ta muammolar aniqlanib, bartaraf etish choralari koʻrildi.

Joyida hal etish imkoniyati boʻlmagan muammolar mutasaddi idora vakillari bilan hamkorlikda bartaraf etilmoqda.

Avtomobil yoqilgʻi qoʻyish shahobchalarida tirbandliklarni oldini olish maqsadida ichki ishlar organlaridan masʼul xodimlar biriktirilib, haydovchilar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Yakka yolgʻiz yashovchi yoshi ulugʻ 224 nafar fuqarolarining holidan xabar olindi.

Doʻkon, savdo rastalari va bozorlarda narx-navoni sunʼiy ravishda oshib ketishini oldini olish borasida 182 marotaba profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. 

Sirdaryo viloyati IIB HPB

Text to speech