Viloyat hududi bo‘ylab "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri amalga oshirilib kelinmoqda
Mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish, bayramni tinch va osoyishta nishonlanishini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab "Xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri o‘tkazib kelinmoqda. Shahar - tuman IIB xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralari xodimlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida olib borilgan tadbir davomida 148935 ta obyektlar tekshirib chiqildi, 20105 ta xonadonlarda yashovchi fuqarolar pasport-viza tekshiruvidan o‘tkazildi. Viloyat hududida faoliyat olib borayotgan barcha korxona-tashkilotlar, savdo rastalari, kafe-barlar, mehmonxona va yotoqxonalar pasport-viza tekshiruvi asosida o‘rganilib, ishchi va xizmatchilari o‘rtasida profilaktik ishlar olib borildi. Tadbir davomida 911 ta doimiy ro‘yxatsiz yashab kelayotgan fuqarolar, 16 ta fohishalik bilan shug‘ullanib yurgan shaxslar, 198 ta maʼmuriy nazorat qoidasini buzgan shaxslar aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortildi. 107 ta nazoratsiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar aniqlanib VEIHYOKMga joylashtirildi. 9 ta jinoyat sodir etib, tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslar qo‘lga olingan, 1 ta bedarak yo‘qolgan shaxs aniqlangan. Jami 57 ta sodir etilgan jinoyatlar issiq izidan fosh etildi, 164 gramm giyohvand moddalari aniqlanib, olingan. Profilaktik maxsus tadbir davom etmoqda.